Smart kompaniyasi Frankfurtdagi avtosalonda yangi prototipini namoyish etadi. U Germaniya avtomobilsozlik kompaniyasining «kelajakdagi shahar avtomobilining namunasi» bo‘lishi aytilmoqda. Kontsept-kar tizeri Smart kompaniyasining Instagram sahifasida namoyish qilindi.
Ishlab chiqaruvchi prototip haqida boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan. Tizer kontsept-kar kuzovining oldi qismida diod chiroqli ekranga ega bo‘ladi. Unga turli matnli xabarlarni chiqarish mumkin bo‘ladi.
Motor1 nashrining qayd etishicha, bu mashinadan kelgusida karshering (carsharing) xizmatlarida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ayni vaqtda Smart kompaniyasi 3 xil avtomashina ishlab chiqaradi. Bular: ForTwo, uning tomi ochiq namunasi va ForFour.