Samsung Xitoydagi chiplar ishlab chiqaruvchi zavodiga 7 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 17:26 / 28.08.2017 2708

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics Co. kompaniyasi NAND turidagi flesh-xotiralar chiplarini ishlab chiqarish sohasiga 7 mlrd dollar sarmoya kiritadi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Kompaniya 3 yil mobaynida 7 mlrd dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Uning 2,3 mlrd dollar miqdoridagi birinchi qismi tasdiqlangan. NAND xotira chiplari smartfonlar va boshqa qurilmalar, xotira kartalari va flesh-to‘plagichlarda foydalaniladi. 

DRAMeXchange tahliliy kompaniyasiga ko‘ra, NAND flesh-xotira chiplari bozori shu yil ikkinchi choragida 13 mlrd dollardan ortgan. Ularning shartnoma qiymatlari o‘rtacha 3-10 foizga o‘sgan. Samsung kompaniyasining ushbu bozordagi daromadi o‘tgan chorak bilan taqqoslaganda 11,6 foizga oshib, 4,7 mlrd dollarga yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: