O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankrotlik jarayoni joriy etiladi

Iqtisodiyot 09:35 / 24.08.2017 19650

O‘zbekistonda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Loyihaning maqsadi avval tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish natijasida kelib chiqqan soliq qarziga ega yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga bankrotlikni qo‘llashni nazarda tutuvchi bankrotlik tartibini takomillashtirishdan iborat.

Hujjat 2018 yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor maqomidan mahrum bo‘lgan jismoniy shaxslarga nisbatan bankrotlik jarayonini joriy etishni nazarda tutadi. 

Hujjatda qayd etilishicha, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda tadbirkorlik faoliyatini yuritgan, kreditorlarning da'vosini qondira olmaydigan jismoniy shaxs, agarda tegishli talablar uning avval tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan bo‘lsa, belgilangan tartibda bankrot, deb e'lon qilinishi mumkin.

Qonun loyihasiga kiritilgan izohda qayd etilishicha, 1 iyul holatiga xususiy tadbirkor sifatida o‘z maqomidan mahrum bo‘lgan 158 ming fuqaroning va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda tadbirkorlik faoliyatini yuritgan fuqarolarning soliq qarzi 105,9 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

Amalda bunday soliq qarzini yig‘ish imkoni yo‘q, ammo uni  o‘zgarishi qiyin, deb hisoblab ham bo‘lmaydi.

Xususan, 76,7 ming fuqaro bo‘yicha uch yildan ortiq vaqt mobaynida shakllangan soliq qarzi 40,3 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: