Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Gulnora Karimovaning Rossiyadagi mulklarini xatlashni so‘rab murojaat qildi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Rossiya hukumatidan Gulnora Karimovaning ko‘chmas mulklarini hibsga olishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda «Interfaks» agentligi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar tarqatdi.
«Rossiya Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish haqida so‘rov keldi. Unda ko‘chmas mulk obektlarini hibsga olish so‘ralgan», — deyilgan xabarda.
Xabarda ayni damda so‘rov ko‘rish jarayonida ekani, so‘rovda ko‘rsatilgan ma'lumotlar maxfiyligi qo‘shimcha qilingan.
OAV Gulnora Karimova Moskvadagi «Kamelot» turar-joy kompleksida maydoni 420 kvadrat metr bo‘lgan penthaus va Rublevo-Uspensk shossesidagi koshonaga egalik qilgani haqida xabar topgan. Penthaus 4-4,5 million dollarga baholangan, shossedagi dang‘illama uylar esa 60 million dollargacha turishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda O‘zbekistonda Gulnora Karimovaga qarshi tovlamachilik va soliqdan qochish holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti qizi katta miqdorda davlat va boshqa shaxslar mulkini o‘zlashtirishda ayblanmoqda. U 2001 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan muddatda jinoiy faoliyat yuritgan va davlatdan 2 milliard dollarga yaqin mablag‘ o‘g‘irlagani aytiladi.
2015 yil avgustida sud uni 5 yil muddatga ozodlikdan cheklagan.
2017 yil iyulida Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy ish tafsilotlarini oshkor qildi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Fransiya, Rossiya, Latviya va Honkongda Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklarni aniqlagan. Undan tashqari xorijdagi banklarda millionlab yevro miqdorida mablag‘lar saqlanayotgani aniqlangan.
O‘zbekiston 12 davlatdagi aktivlar miqdorini 1,5 milliard dollarga baholagan. Bosh prokuratura bu davlatlarda aniqlangan mulklarni O‘zbekiston foydasiga musodara qilish haqida so‘rovlar yuborgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

11:26 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

11:39 / 20.06.2025
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

16:00 / 19.06.2025
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

10:50 / 12.06.2025