Saudiya Arabistoni va Xitoy birgalikda 20 mlrd dollar mablag‘ga ega bo‘ladigan investitsiya fondini tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda podshohlik energetika vaziri Xolid al-Falix ma'lum qildi, deb yozmoqda Reyter agentligi.
U ikki mamlakat katta lavozimli mulozimlari va tadbirkorlarining iqtisodiy anjumani doirasida shu haqda so‘z yuritgan. Xarajatlar va foyda mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlanadi, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Fondga qo‘shimcha ravishda 20 mlrd dollar qiymatidagi yana 11 ta kelishuv imzolanadi. Al-Falix bu borada batafsil ma'lumot bermagan.
Shu yil mart oyida Xitoy va Saudiya podshohligi 65 mlrd dollarlik 14 ta kelishuvni imzolagan edi. Ular 35 ta yirik loyihalarni qamrab olgandi. XXR tashqi ishlar vaziri Chjan Minning qayd etishicha, kelishuvlar investitsiyalar, ilmiy-texnik sohalarni, infratuzilma, energetika, fazo va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oldi.