OPeK+ davlatlari neft bo‘yicha kelishuvni 94 foizga bajardi

Iqtisodiyot 14:38 / 24.08.2017 4058

OPeK+ neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvida ishtirok etayotgan davlatlar iyul oyida o‘z majburiyatlarini 94 foizga bajarishdi, deyiladi OPeK matbuot relizida.

«OPeK va karteldan tashqarida bo‘lgan neft qazib oluvchi davlatlar iyul oyida kelishuvni 94 foizga bajarib, yuqori darajaga erishishdi. Vazirlar qo‘mitasi kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha hozirgi natijalardan qoniqish hosil qilgan», - deya aniqlik kiritiladi xabarda.

Iyul oyi boshida 2017 yilda jahon neft zaxiralari 100 mln barrelga kamaygani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: