Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi jang g‘olibi kamari namoyish qilindi

Foto: AP
Butunjahon bokschilik kengashi (WBC) amerikalik Floyd Meyvezer va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi boks jangi g‘olibi uchun beriladigan kamarni tayyorladi.
Kamar Money Belt (pul kamari) deb atalgan. U timsoh terisidan tayyorlangan hamda 3360 ta brilliant, 600 ta moviy yoqut va 300 ta zumrad bilan bezalgan. Uning yaratilishida, shuningdek, 1,5 kg oltin ishlatilgan.
Jangning o‘zi esa 26 avgust Las-Vegasda birinchi o‘rta vazn toifasida (69 kg gacha) bo‘lib o‘tadi hamda titul jangi bo‘lmaydi. Toshkent vaqti bilan jang 27 avgust soat 9da boshlanadi.
Mavzuga oid

00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi

10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi

19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi

14:14 / 26.10.2019