Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi

Sport 19:10 / 29.11.2019 23530

«Konor shartnomani imzoladi, Serrone tayyor», deb aytgan Uayt.

Irlandiyalik o‘zining oxirgi jangini 2018 yil oktyabrda Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazib, unga muddatdan oldin mag‘lub bo‘lgandi.

2019 yil martda Makgregor sport faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan, biroq ko‘p o‘tmay sportga qaytishga qaror qilgan. 31 yoshli sportchi UFC’ning eng taniqli jangchilaridan sanalib, 25 ta jangdan 21 tasida g‘alaba qozongan, 4 marta mag‘lubiyatga uchragan. U birinchi chempionlik unvonini 2015 yilda qo‘lga kiritgan hamda UFC’ning ikki vazn toifasida chempioni bo‘lgan birinchi jangchisi hisoblanadi.

Serrone esa ancha tajribaliroq bo‘lib, 50 ta jang o‘tkazgan va ulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 13 tasida mag‘lubiyatga uchragan, yana bitta jangi bo‘lib o‘tmagan deb topilgan. “Kovboy” laqabli 36 yoshli Serrone UFC afsonasi hisoblanadi. U sentyabrda o‘tkazgan oxirgi jangida hamyurti Jastin Gejiga texnik nokaut bilan yutqazgan.

Ko‘proq yangiliklar: