Polsha hukumati keyingi 15 yil davomida mamlakat byudjyetidan mudofaaga qo‘shimcha 55 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri o‘rinbosari Tomash Shatkovskiy Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
“Hukumat qonunchilikka tuzatishlarni ma'qulladi. Ular keyingi 15 yil davomida bizga 200 mlrd zlotix (55 mlrd dollar) berishmoqda”, deb aytgan Shatkovskiy.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ajratiladigan mablag‘lar armiya sonini deyarli ikki barobarga oshirishga va uni moddernizatsiyalashga sarflanadi, chunki hozirda armiyada mavjud qurilmalarning uchdan ikki qismi Varshava kelishuvi vaqtidan (1955 yil) beri qurollanishda turibdi.
Avvalroq Polsha hukumati mudofaa xarajatlarini 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha oshirish qarorini qabul qilgandi. Ayni vaqtda Polsha mudofaa ehtiyojlariga YaIMning 2,01 foizini sarflaydi.
Mudofaa vazirligi rejalarida 5-avloddagi qiruvchi samolyotlar xarid qilish bor, biroq bu 2025 yildan oldin yuz bermaydi. Shuningdek, mudofaa vazirligi havo-desant qo‘shinlarini kuchaytirishdan voz kechish hisobiga muhandislik va artilleriya qo‘shinlarini modernizatsiya qiladi.