Video: Yangi XBox One X’ning rasmiy narxi va sotuvga chiqish muddati aniq bo‘ldi
Ayni kunlarda Germaniyaning Kyoln shahrida o‘tkazilayotgan "Gamescom show" tadbiri davomida Microsoft kompaniyasi yangi XBox One X’ning sotuvga chiqarilishga oid rasmiy ma'lumotlarni taqdim etdi. To‘liq 4K formatda tasvir uzatuvchi yangi o‘yin uskunasi 499 AQSh dollari narxida joriy yil 7 noyabrdan sotuvda paydo bo‘ladi. Ayni paytda geymerlar XBox uchun oldindan buyurtma berish imkoniyatiga ega.
Cheklangan miqdorda sotuvga chiqarilayotgan XBox One X Project Scorpio Edition yangi imkoniyat va funksiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, 1 terabayt xotiraga ega. Microsoft vakillarining ta'kidlashicha, Scorpio turkumidagi o‘yin uskunasi kam sonda chiqariladigan maxsus brendga aylanib qoladi.
Hozircha ushbu gadjyetni Amazon, Best buy, GameStop, Microsoft, Target va Walmart saytlaridan buyurtma orqali sotib olish mumkin.
Mavzuga oid

14:18 / 02.03.2025
Yangi “ajdarho jangchisi”, kosmosga turistik parvoz va “aqlli” g‘ilof - texnodayjest

16:31 / 28.02.2025
Skype tez orada yopilishi mumkin

22:12 / 17.01.2025
Microsoft rossiyalik hakerlarni siyosatchilarning WhatsApp akkauntlariga hujum uyushtirishda aybladi

00:31 / 05.01.2025