Moskva sobiq ittifoqning so‘nggi tashqi qarzini uzdi

Iqtisodiyot 21:15 / 21.08.2017 27048

Rossiya 8 avgustda Bosniya va Gertsegovinaga bir vaqtda 125,2 mln dollar to‘lab, sobiq ittifoqning bu davlat oldidagi qarzini uzdi. Bu haqda Rossiya moliya vazirligida ma'lum qilingan.

Rossiya hukumati hamda Bosniya va Gertsegovina vazirlar kengashi o‘rtasidagi sobiq Ittifoqning u va Yugoslaviya o‘rtasidagi savdo aylanmasi bilan bog‘liq majburiyatlarini tartibga solish haqidagi kelishuvga ko‘ra, Bosniya va Gertsegovina oldidagi 125,2 mln dollarlik qarz uzildi. Bu kelishuv 2017 yil 21 mart kuni imzolangan va 20 iyulda kuchga kirgan.

Bosniya va Gertsegovina sobiq ittifoq yoki Rossiyaning hali qarzi uzilmagan so‘nggi xorijiy kreditor davlati bo‘lgan.

Rossiyaning tashqi qarzi qismida faqatgina Janubiy Koreya oldidagi 594,3 mln dollarlik qarz to‘lanmagan bo‘lib qolmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, bu qarz 2025 yil oxirigacha uziladi. 

Ko‘proq yangiliklar: