OAV: Britaniya maxsus xizmatlari WannaCry virusini to‘xtatgan dasturchi hibsga olinishini avvaldan bilgan
Britaniyaning aloqa bo‘yicha hukumat markazi AQSh FQBsi WannaCry virusi kiberhujumini to‘xtatgan Markus Xatchinsni kuzatayotganini avvaldan bilgan, deb xabar bermoqda The Sunday Times gazetasi.
Gazeta manbalari so‘zlariga ko‘ra, Britaniya maxsus xizmatlari Hatchins AQShga borishidan oldin kuzatuvda bo‘lganini bilgan. Dasturchi AQShda iyul oyida kiberanjumanga tashrif buyurgan paytda hibsga olingandi.
Manbalarning aniqlik kiritishicha, bunga qarshilik ko‘rsatilmagan, sababi uning Qo‘shma Shtatlarga uchib ketishi o‘zlarining yaqin ittifoqchilari bilan «ekstraditsiya tufayli bosh og‘riq» kelib chiqmasligiga yaxshi imkoniyat yaratgan.
Hatchins Kronos virusining tarqatilishida ayblanmoqda, uning yordamida jinoyatchilar bank ma'lumotlarini olishga muvaffaq bo‘lganlar.
AQShda WannaCry virusini to‘xtata olgan dasturchi hibsga olindi
WannaCry virusini to‘xtata olgan dasturchi virus yaratishda ayblanmoqda
Mavzuga oid

14:44 / 20.02.2025
The Times: Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin

09:45 / 17.02.2025
Britaniya bosh vaziri Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga tayyor

18:16 / 04.02.2025
Buyuk Britaniyada zudlik bilan 120 mingta zirhli nimcha chaqirib olinadi

13:46 / 04.02.2025