Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Shermatov: "Kelgusi yilda test javoblari o‘sha kuniyoq e'lon qilinishi mumkin"
Kelgusi yilda OTMga kirish imtihonlarini mutlaqo yangicha formatda o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Hukumat hamda DTMga qabul imtihonlari jarayonini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha alohida topshiriq ham berilgan. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov Xalqaro Press-klubning 16 avgust kuni o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida xabar berdi. Endilikda test javoblari imtihon yakunidan so‘ng, o‘sha kuniyoq e'lon qilinishi mumkin.
Xalqaro Press-klubning “O‘zbekistonda mobil aloqa: muammo va yechimlar” mavzusida navbatdagi anjumanida jurnalist Baxtiyor Nasimov "kirish imtihonlari vaqtida mobil aloqa xizmatini o‘chirmasdan, zamonaviy axborot texnologiyalari yechimidan foydalanish imkonini ko‘rish vaqti kelmadimikin?", degan savol bilan murojaat qildi.

Mazkur masalaga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov o‘z munosabatini bildirdi:
"Savol o‘rinli. Men bu lavozimga o‘tishdan avval, Inha universitetining rektori bo‘lib ishlaganman. Oliygohda 4 yildan beri qabul imtihonlari o‘tkazilib kelinadi. Siz biron marta imtihon vaqtida telefon o‘chirilgani, internet ishlamagani yoki abituriyentlar shpargalkadan foydalanib, o‘qishga kirganini eshitdingizmi? Mobil aloqalarni o‘chirishni imtihonga bog‘lash kerak emas. Hozirda kelasi yildagi imtihon jarayonlarini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘ylaymizki, yangi yondoshuvlar qo‘llanilsa, albatta, yuqoridagi masala ham hal etiladi".
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Jahon | 14:46
-
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
Jamiyat | 14:39
-
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi
Jahon | 14:06
-
🔴 LIVE: Istanbul muzokaralarining 3-raundi qanday o‘tdi?
Jahon | 14:05
Mavzuga oid

13:14 / 23.07.2025
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi

14:33 / 21.07.2025
Test natijasi qachon chiqadi? Uni qanday, qayerdan bilish mumkin?

11:29 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?

10:46 / 18.07.2025