Irlandiya Apple’dan 13 mlrd yevro miqdoridagi soliqlarni talab qilmoqchi emas

Iqtisodiyot 08:15 / 17.08.2017 4537

Irlandiya moliya vaziri Paskal Donoxyu mamlakat hukumati Apple kompaniyasidan to‘lanmagan soliqlarni talab qilmoqchi emasligini ma'lum qildi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri xabar bermoqda

2016 yilda Yevrokomissiya Apple Irlandiya hukumati yordamida Yevropa Ittifoqiga 14,5 mlrd dollarlik soliq va soliqlarni to‘lashdan bosh tortganlik uchun foizlarni to‘lashi kerakligi haqidagi qarorni chiqargan.  

Yevrokomissiya tergoviga ko‘ra, korporatsiya 2003 yildan 2014 yilgacha Irlandiyadagi noqonuniy soliq imtiyozlaridan foydalanib, Yevropadagi daromadlaridan 1 foiz, ba'zi paytlarda esa bor-yo‘g‘i 0,005 foizgina soliq to‘lagan.

Donoxyuning aytishicha, Apple naf ko‘rgan qoidalar barcha uchun umumiy bo‘lgan, korporatsiya bilan maxsus kelishuvlar bo‘lmagan.

“Biz qolgan barcha uchun soliq yig‘uvchi davlat emasmiz”, deb aytgan Donoxyu.

Uning ta'kidlashicha, Apple foydalangan qoidalar Yevropa va Irlandiya qonunchiligini buzmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: