Jyeparovning ajoyib goli «Istiqlol»ga g‘alaba keltirdi

Foto: tasnimnews.com
Eron chempionatining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida Server Jyeparov to‘p suradigan «Istiqlol» jamoasi o‘z uyida «Traktorsozi» jamoasini qabul qildi.
Ahamiyatli tomoni, uchrashuv taqdirini O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilardan biri Server Jyeparov kiritgan yagona gol hal etdi. Bahsning 42-daqiqasida Jyeparov uzoq masofadan chiroyli gol urdi va bu gol «Istiqlol»ga chempionatdagi dastlabki g‘alabani keltirdi.
Shuningdek, Jyeparovning goli «Istiqlol» uchun yangi mavsumdagi ilk gol bo‘ldi. Endilikda jamoa 3 o‘yindan keyin 4 ochko jamg‘argan holda 8-o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Eron chempionati, 3-tur.
«Istiqlol» - «Traktorsozi» 1:0 (1:0).
Gol: Server Jyeparov (42).
Mavzuga oid

15:12 / 27.08.2024
Termizda ilk bor O‘zbekiston va Afg‘oniston klublari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi

14:17 / 04.02.2024
Jaloliddin Masharipov - «Istiqlol» futbolchisi

15:45 / 18.10.2022
«Lokomotiv» Jeparovni iste’foga chiqardi. Klubni avstraliyalik murabbiy boshqaradi

17:23 / 24.08.2022