Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangi rahbari Gruziya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Iqtisodiyot 09:28 / 11.08.2017 6665

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Gruziya elchisi Konstantin Jgenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishni faollashtirishga aloqador ustuvor masalalarni muhokama qilishdi.

O‘zbekiston tomoni Gruziya kompaniyalari va turizm milliy ma'muriyatiga Toshkentda 3-5 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro turistik yarmarkada ishtirok etishni taklif qildi. Shuningdek, yarmarka doirasida o‘zbek va gruzin turkompaniyalari o‘rtasida amaliy uchrashuvlarni tashkillashtirish bo‘yicha taklif bildirildi.

Turizm qo‘mitasi rahbari ikki davlat turoperatorlari va OAV uchun maxsus safarlarni tashkil etish taklifi bilan chiqdi.

Gruziya elchisi turizm sohasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: