iPhone 8 nafaqat egasining yuzini farqlaydi, balki u ekranga qarayotganini tushunadigan bo‘ladi

Fan-texnika 11:35 / 10.08.2017 8347

Irlandiyalik dasturchi iyul oyi oxirida HomePod “aqlli” tovush chiqaruvchi kolonkasi proshivkasida BiometricKit freymvorkiga oid tafsilotlarni aniqladi. Unga ko‘ra iPhone 8’da yuzni skanerdan o‘tkazish funksiyasini tatbiq etish mo‘ljallanmoqda. Bloomberg manbalariga ko‘ra, Apple Touch ID’dan ishlab chiqarishdagi muammolar (skanerni ekranga joylashtirish mushkul) sabab voz kechmoqchi ham uni shaxsni kamera yoki Pearl ID nomli maxsus sensor yordamida tanib oluvchi funksiya bilan o‘zgartirmoqchi.

Biroq keyinchalik dasturchilar HomePod proshivkasida yuz skanerini boshqa maqsadda qo‘llash bo‘yicha variantni topishdi. Birinchidan, proshivkada yodga olingan funksiyalardan birida («resting.Pearl.unlock») ayfon o‘z egasining yuzini smartfon hattoki stolda turgan bo‘lsa ham payqashi mumkin bo‘ladi, bunda uni yuzga yaqin masofaga olib shart emas. Ikkinchidan, Pearl ID’ni boshqa ishlab chiqaruvchilar qo‘llashi mumkin – demak, u nafaqat ekranni ochishda, balki boshqa funksiyalarni faollashtirishda ham foydalaniladi: masalan, to‘lovlar yoki maxfiy so‘zlarni ochishda.

8 avgust kuni braziliyalik dasturchi Gilerme Rambo HomePod proshivkasida «supportsAttenuatingTonesForAttentionDetected» - «e'tiborAniqlansaTovushlarniPasaytirishishmumkin» funksiyasini topdi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, agarda ayfon egasi ekranga qarayotganini payqasa, u tovush va xabarnomalar tebranishini o‘chirib qo‘yishi mumkin, sababi bunday holatda xabarnoma matnining o‘zini ko‘rsatish yetarli bo‘ladi.

TechCrunch’ning taxminicha, bunday funksiya ko‘p narsada qo‘llanilishi mumkin. Masalan, ayfonni bu xabarnomalarga qarash bilan ochish mumkin bo‘ladi – qo‘shimcha nimanidir bosish kerak emas. Bundan tashqari, faollashtirish ekrani umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkin: agarda foydalanuvchi baribir ekranga qarasa, hamda ilova buni bilsa, undan faollashish haqida yana bir marotaba so‘rash kerak emas.

Biroq, bu yerda qo‘shimcha xavotirlar ham kelib chiqadi: demak, iPhone 8 o‘z egasini frontal kamera yordamida doimiy ravishda kuzatib boradi. Aniqrog‘i, agarda sizib chiqqan ma'lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, ikki frontal kamera va qo‘shimcha infraqizil sensor orqali.

Ko‘proq yangiliklar: