AQShning Intel korporatsiyasi AQSh, Yevropa va Isroilda 100 ta o‘zi boshqariluvchi avtomobilni sinovdan o‘tkazish rejasini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.
"Real dunyo sharoitlarida mashinalar qurish va ularni sinash darhol unum beradi va to‘liq avtonom avtomobillar uchun zarur texnologiyalar va yechimlarni rivojlantirishni tezlashtiradi", deb aytgan yaqinda korporatsiyaning katta vitse-prezidenti lavozimini egallaydigan Amnon Shashua.
Loyiha Isroilning raqamli tizimlar, jumladan kompyuter yordamida ko‘rish tizimini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Mobileye bilan birgalikda amalga oshiriladi. Sinaladigan 100 ta avtomobil ichida "turli marka va turdagi" avtomobillar bo‘ladi.
Hozirda bir qator avtokompaniyalar o‘zi boshqariluvchi avtomobillar yaratish ustida ish olib borishmoqda. Avvalroq Intel BMW kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgani ma'lum qilingandi. Yanvarda BMW vakillari kompaniya sinovlar uchun 40 avtomobilni taqdim qilishini aytishgandi.