Ijtimoiy tarmoqlarda barcha yangi iPhone modellarining taxminiy korpuslari chop etildi. Bu haqida 9to5mac xabar berdi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Apple uch smartfonni tayyorlamoqda: iPhone 7s, 7s Plus va iPhone 8. Suratda tasvirlangan qurilmalarning orqa tomoni shisha korpusga ega. Shuningdek smartfonning kumushrang versiyasi yaltiroq hoshiyaga ega, iPhone 7'da esa metall detallar yaltiroq emas. Smartfonlarning hozirgi va kelgusi avlodi o‘rtasida boshqa hech qanday tafovutlar yo‘q. iPhone 8 qurilmasining orqa korpusi ham shishadan bo‘ladi.
Bundan avval KGI Securities tahlilchisi Min-Chi Go Apple'ning pushti iPhone ishlab chiqarishni to‘xtatish rejalari haqida ma'lum qilgan. Smartfon faqat qora, kumushrang va tillarang versiyalarda ishlab chiqariladi. Ta'kidlash joizki, tarmoqda iPhone 8'ning uch versiyasi suratlari paydo bo‘ldi. Ularning orasida mis rangli qurilma ham bo‘lgan.
iPhone 8 qurilmasi 2017 yilning kuzida Apple'ning navbatdagi taqdimotida namoyish qilinadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u hoshiyasiz displey, datchiklar va kameraga ega bo‘ladi. Shu bilan birga yangi qurilmada barmoq izlari skaneri bilan Home tugmasi bo‘lmasligi ta'kidlanmoqda.