1 million avtomobil: 2020 yilgacha Tesla oldida turgan vazifalar

Fan-texnika 13:45 / 10.08.2017 9595

Ilon Maskning kelgusi 10 yilliklardagi rejalarini kamtarona deb bo‘lmaydi. Tesla bosh direktori bu muddat mobaynida avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish barobarida yana bir nechta yangi modellarni ishlab chiqish hamda 2020 yilgacha o‘zi mustaqil harakatlanuvchi transport vositalari cho‘qqisini zabt etishni rejalashtirmoqda. Quyida Tesla kompaniyasining yaqin yillarda qanday rivojlanishiga oid dasturi qisqa shaklda havola qilinmoqda. 

Ulkan Gigafactory qurilishini tamomlash

Nevada shtatida batareyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik fabrikani Tesla kelajagining kaliti deyish mumkin. Chunki, shu bilan kompaniyaning batareya va boshqa elektromobillarning butlovchi qismlari qiymatini 30 foizga arzonlashtirishi kerak. 

2 mln kv.m. maydondagi Gigafactory 2018 yilda to‘liq ishga tushadi. Unda «hajm iqtisodiyoti, innovatsion ishlab chiqarish, chiqindilari kamaytirish va yagona ishlab chiqarish binosida sodda optimallashtirish» hisobiga xarajatlar kamaytiriladi. Bundan tashqari, Tesla bu zavodida 2013 yili barcha litiy-ionli batareya ishlab chiqaruvchilari mahsulotlaridan ko‘proq batareya ishlab chiqarishni rejalashtirgan. 

Model 3 arzon elektrokarini ishlab chiqarishni boshlash

Gigafactory zavodida ishlab chiqariladigan batareyalar Tesla kompaniyasiga o‘zining birinchi seriyali Model 3 mashinasini yig‘ishnii boshlashga imkon beradi.

U 35 000 dollar atrofida turadi va bir quvvat bilan 300 kmdan ko‘proq yura oladi. Shu o‘rinda, aytish joizki, Tesla o‘tgan oydan Model 3 elektrokarini ishlab chiqarishni boshladi.

 
Ixcham Model Y yo‘ltanlamasini 2019 yil oxiri 2020 yil boshigacha tayyor qilish. Mask 2016 yil iyulida Tesla bozorga yangi, ixcham Model Y yo‘ltanlamasini yetkazib berishini tasdiqlagan edi. U, shuningdek, bu mashina Model 3 platformasidan umuman farq qiluvchi yangi shassida barpo etilishini aytgandi.

Elektrli yarim tirkama sentabr oyida namoyish etiladi

Ilon Mask avgust oyida kompaniya Tesla yarim tirkama ustida ish olib borayotganini e'lon qildi. Iyun oyida esa yirik yuk tashuvchi kompaniyalar bilan birinchi elektrli yarim tirkamani ishlab chiqish uchun hamkorlik qilayotgani ma'lum bo‘lgandi.
 
«Biz prototipni sentabr oyi oxirida namoyish qilamiz, ammo biz ularni og‘ir yuk mashinalarini xarid qiluvchilarga ko‘rsatishga ulgurdik. Tirkama ularga ma'qul bo‘ldi», - degan edi Mask. «Ular faqat qancha va qachon to‘lash kerakligini bilishmoqchi».

Tesla avtomobillarining bir marta quvvatlanish bilan 1000 km masofani ortda qoldirishiga erishish

Tesla avtomobillari bozorda yaxshi natijaga ega, ammo Mask Tesla avtomobillarining bir marta quvvatlanib, yurish masofasini tubdan o‘zgartirish niyatida. 

«Hozirda rekord 800 km bo‘lib, u Model S sedaniga tegishli», -  degan edi  Mask 2015 yil sentabrida. «O‘ylaymanki, biz yana biror yillarda 1000 kmlik dovonni oshamiz. Bu 2017 yilda amalga oshsa kerak».

Maskning qo‘shimcha qilishicha, Tesla 2020 yilga borib, bu raqamni 1300 kmga yetkaza oladi.

 
Garchi Tesla rekordi bugungi kunda 1000 kmni tashkil etsa-da, Tesla Model S P100D rasman 500 kilometrgacha yura oladi, deb hisoblanadi.
 
Avtomobillarni to‘liq muqobil mashinalarga aylantirish

Maskning va'dalaridan yana biri Tesla avtomobillari 2020 yilga kelib to‘liq muqobil bo‘lishini ta'minlashdir. 

Tesla o‘zining Enhanced Autopilot muqobil boshqaruv tizimini o‘tgan yili oktabrida sinovdan o‘tkaza boshladi. O‘shanda Mask mazkur dasturiy ta'minot to‘liq tayyor bo‘lsa, u transport vositasini to‘liq muqobil boshqariladigan vositaga aylantirishini aytgan edi.
 
Biroq Mask fikricha, o‘zini-o‘zi boshqaradigan avtomobillar tayyor bo‘lgan vaqtda qonun ishlab chiqaruvchilar ulardan foydalanishni tartibga soluvchi tartiblarni ishlab chiqarishga ulgurishmaydi. Shunga ko‘ra, haydovchilar rul chambaragidan xalos bo‘lishlari uchun biroz kutishlariga to‘g‘ri keladi. 

Hozircha, kompaniya avtopilotda Los-Anjyelesdan Nyu-Yorkkacha kelishni rejalashtirmoqchi. Har holda, aytish mumkinki, kompaniya elektromobillari 2019 yilga kelib, to‘liq muqobil bo‘ladi.

2018 yilda 500 ming avtomobilni yig‘ish

Tesla 2015 yilda 50 000 dona avtomobil yig‘di. Biroq Mask 2016 yil mayida uning kompaniyasi 2018 yilda 500 ming donadan kam avtomobil ishlab chiqarmaslikni rejalashtirayotgani haqida bayonot berdi. 

Bu qanchalik yirik raqam ekanini anglash uchun Tesla 2016 yilda 76 mingdan biroz ko‘proq avtomobil yiqqanini aytish kifoya. Shunga ko‘ra, kompaniya ancha dadil maqsadlarni oldiga qo‘ymoqda. 

«Ishlab chiqarish hajmini yaqin 2 yilda 5 barobarga oshirish mushkul vazifa va ehtimol qo‘shimcha mablag‘larni talab qilishi mumkin. Ammo bizning maqsadimiz shunday. Biz unga yetish uchun qattiq ishlaymiz», - deyiladi kompaniyaning sarmoyadorlarga yo‘llagan maktubida. 

2020 yilda 1 mln dona avtomobil

Ha, go‘yoki 2018 yilda erishilishi kutilayotgan 500 ming dona avtomobil kifoya qilmayotgandek taassurot paydo bo‘ladi. Mask maqsadni yuqoriroq ko‘tarib, 2020 yilda 1 mln dona avtomobil ishlab chiqarishni xohlamoqda.

Xo‘sh, bunday balandparvoz maqsadlarga qandaydir asos bormi? Model 3 mashinasiga bo‘lgan talab kutilganidan ham ko‘p bo‘ldi. Shu boisdan ham Tesla o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqdi. Kompaniya e'lon qilganining birinchi haftasidayoq 325 ming buyurtma oldi. Bugungi kunda buyurtmalar soni 450 mingdan oshadi.
 
2018 yilda quvvatlovchi stansiyalar sonini ikki karra oshirish

Yo‘llarda Tesla avtomobillari ko‘paygani sayin infratuzilmalarni ham kengaytirish talab etiladi. 

2016 yil martida Model 3 namoyish qilinganida Mask kompaniya Supercharging quvvatlash tarmoqlarini ham kengaytirishni rejalashtirayotganini aytgandi. Supercharger — stansiyalarida Tesla avtomobilini 30 daqiqada 300 kilometrga kifoya qiladigan darajada quvvatlantirish mumkin.


 
Ilon Mask Model 3 taqdimotida Tesla butun dunyodagi stansiyalar sonini ikki karraga oshirib, 3 600 dan 7 000 ga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida aytgandi. Biroq Tesla joriy yil aprel oyida bu rejalarini qayta ko‘rib chiqdi. Unga muvofiq, shu yil oxiriga kelib, stansiyalar 10 mingtani tashkil etadi. Shunga ko‘ra, kompaniya o‘z ish jadvalini ortda qoldirmoqda deyish mumkin. 

Tesla energetika kompaniyasiga aylanadi

Mask kompaniyasining faqatgina elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib qolishini istamayapti. U Tesla avtomobillar uchun zarur elektr quvvatini ham ishlab chiqarishini xohlamoqda. 

Tesla 2016 yil yil noyabr oyida quyosh panellari ishlab chiqaruvchi SolarCity kompaniyasini xarid qildi. Mask o‘shanda Tesla kompaniyasini mustaqil energetika kompaniyasiga aylantirish rejasini bildirgandi. 

2016 yil oktabrida aksiyadorlar SolarCity kompaniyasini xarid qilish bo‘yicha ovoz berishidan avval Mask Tesla Solar Roof tomlarini namoyish qildi. «Quyosh panelli tom» quyosh panelli cherepitsadan iborat bo‘lib, Tesla kompaniyasi energiya ishlab chiqarish masalasini hal etishi kerak.

Kompaniya Solar Roof tomlariga may oyidan buyurtmalar ola boshladi. Uning bir kvadrat metri 60 dollardir. 

Bu yil kompaniya Tesla Network mobil xizmati tafsilotlarini ham e'lon qiladi

Mask 2016 yil iyulida Tesla mobil xizmat ustida ishlayotgani haqida so‘z yuritdi. Unga ko‘ra, kompaniya to‘liq muqobil bo‘lsa, avtomobil egalari uchun maxsus dasturiy ta'minot ishlab chiqaradi. Uning vositasida haydovchilar boshqa kishilarga mobil aloqani taklif etadi va shu orqali daromad qilishlari mumkin bo‘ladi.

«Siz o‘z avtomobilingizni Tesla kompaniyasining umumiy flotiga qo‘sha olasiz. Buning uchun Tesla telefon ilovasidagi tugmachani bosish kifoya qiladi. Siz dam olayotganda yoki ta'tilga chiqqanda u pul ishlaydi», - degan edi Mask. 

Mana shunaqa gaplar. Yaqin yillarda Ilon Mask xayoliga yana qanday loyihalar kelishini esa vaqt ko‘rsatadi. 

Ko‘proq yangiliklar: