Lenovo yangi smartfonini taqdim etdi

Fan-texnika 21:45 / 09.08.2017 8568

Lenovo kompaniyasi Lenovo K8 Note smartfonini namoyish qildi. Bu haqida Android Authority xabar berdi. 

Yangi qurilma 5,5 dyuymli Full HD displeyga ega bo‘lib, o‘n yadroli MediaTek Helio X23 protsessori bazasida ishlaydi. Smartfon 3 yoki 4 Gb'li operativ xotira va 32 yoki 64 Gb'li ichki xotira bilan ta'minlanadi. 

Bundan tashqari, K8 Note 13 va 5 megapikselli ikki moduldan iborat asosiy kamera, shuningdek 13 megapikselli frontal sensorga ega. Qurilma akkumulyatori 4000 mAs sig‘imli bo‘lib, Turbo Charging texnologiyasi bo‘yicha tezkor zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi. 

K8 Note sotuvlari 18 avgustda boshlanadi. Kichik model narxi - 205 dollar, 64 Gb'li versiyasi esa xaridorlarga 220 dollarga tushadi. 

Ko‘proq yangiliklar: