Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noto‘g‘ri ma'lumot beriladigan 6 ta tarixiy fakt
Tasavvur qiling, siz ko‘p yillar mobaynida ishonib yurgan ma'lumot qachondir asli yo‘q ekani oydinlashsa. Quyidagilar aynan shu haqda. Ko‘pchilik ularni aynan biz bilgandek qabul qilishgan, biroq endilikda ularning haqiqatga yaqinligi shubha ostiga qo‘yilmoqda.
1. Napoleon va Qohira Sfinksining burni

Qohiradagi mashhur Sfinksning e'tiborli jihati uning buzilgan burni hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida haykalning bu qismi Napoleonning 1789 yili turklar bilan jangi chog‘ida artilleriya o‘qidan vayron qilingani ta'kidlab kelinardi. Afsonani Frederik Norden chizgan surat inkor etadi. U 1737 yili sfinksni burunsiz tasvirlagan.
2. Van Gog va kesilgan quloq

Qulog‘ining kesilgani bilan bog‘liq voqea Van Gog mashhurligiga hissa qo‘shdi. Keng tarqalgan da'voga ko‘ra, rassom sevgilisining qulog‘ini kesib olgan. Aslida esa hammasi Gogen bilan sen-menga borib qolgandan keyin yuz bergan. O‘shanda, Van Gog unga pichoq bilan tashlangan. Shundan so‘ng, rassom o‘zidan jahli chiqib qulog‘ini kesgan. Biroq ko‘pchilikning fikricha, bu shunchaki ko‘p ichib yuborganning oqibati bo‘lgan.
3. Vikinglarning shoxli dubulg‘asi

Biz vikinglarni shoxli dubulg‘alarni kiyib olgan kishilar sifatida tasavvur qilamiz. Aslida, arxeologlar bu jangovar xalqing dubulg‘alari qanaqa shaklda bo‘lganini umuman bilmaydi. Olimlarning taxmin qilishlaricha, vikinglar shoxli dubulg‘alardan diniy marosimlarini o‘tkazishda foydalanishgan.
4. Stounxendj

1901 yilga qadar Stounxendj shunchaki tashlandiq toshlar uyumidan iborat edi. Yodgorlik restavratsiyasi bilan Vilyam Gouland shug‘ullanganidan keyin hozirgi ko‘rinishiga kelgan. Yaqinda ko‘rsatilgan fotosuratlar bu yodgorlik avval umuman boshqacha ko‘rinishda bo‘lganini ko‘rsatadi.
5. Amerikaning kashf qilinishi

Barchamiz geografiya fanidan bilamizki, Amerikani 1492 yili Xristofor Kolumb kashf qilgan. Yangi ma'lumotlar, o‘z navbatida, ilk yevropaliklar Amerika yerlariga mashhur dengiz sayohatchisidan bir necha asr avval borganini ko‘rsatadi. X asr oxirlarida aynan vikinglar yangi qit'ani o‘zlari bilmagan holda ochishgan.
6. Ossian poemalari

Shoir Jyeyms Makferson keltlik Ossianning poemalarini gel tilidan tarjima qilgani bilan dong taratgan. Shunga qaramay, hozirgacha, Ossian poemalari haqiqatda bo‘lganini isbotlovchi birorta ham dalil yo‘q.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

18:44 / 07.04.2025
Van Gogning so‘nggi kartinasi bilan bog‘liq sud mojarolari yakunlandi

21:40 / 27.09.2024
Van Gogning «Kungaboqarlar»iga sho‘rva sepgan faollar ozodlikdan mahrum etildi

08:05 / 03.08.2024