LG: xonadoningizda sog‘lom iqlim

Fan-texnika 17:41 / 07.08.2017 7284

LG Electronics o‘z xaridorlari uchun noyob aksiya start olishi haqida ma'lum qildi. 7 avgustdan 7 sentabrga qadar, 2012 yilning 1 yanvaridan 2016 yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davrda qayerda konditsioner xarid etilgan bo‘lsa, o‘sha do‘kon muhri urilgan kafolat talonini taqdim etib, siz « LG konditsionerlari profilaktikasi» xizmatidan bepulga foydalanishingiz mumkin.

Kamdan kam kishi hattoki ishlayotgan konditsioner ichida ham uni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan turli jarayonlar ro‘y berishi mumkinligi haqida o‘ylaydi. Bunga sabab changdir, u bizning mintaqamizda ayniqsa ko‘p. U ko‘zga ko‘rinmaydigan joylarda yig‘ilib, bakteriya va zamburug‘larning ko‘payishi uchun yaxshi yerga aylanadi. Bizning texnikamiz holatini tashqaridan qanchalik kuzatmaylik, konditsionerni professional tozalashsiz yaxshi holda saqlab bo‘lmaydi.

Konditsionerlarni doimiy ravishda profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish nafaqat texnikangiz va mablag‘laringizni tejaydi, balki sog‘lig‘ingizni ham asraydi. Professionallar bu jarayonni yiliga kamida ikki marotaba o‘tkazishni tavsiya etishadi – bahorda va yozning oxirida, ya'ni foydalanishning eng faol mavsumi boshi va yakunida.

Aktsiya ishtirokchisiga aylanib, o‘z konditsioneringizning bepul profilaktik ko‘rigi xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Bu jarayon kompaniyaning yuqori malakali ustalari tomonidan o‘tkaziladi. Ko‘rik jarayoniga quyidagilar kiradi:

- filtlarni tozalash;

- tashqi va ichki blokning profilaktikasi;

- ichki panellarni tozalash;

- ventilyator parraklarini tozalash;

- kerak bo‘lsa freonni to‘ldirish;

- kamchiliklarni topish bo‘yicha diagnostika.

Murojaatlar soni cheklangan – faqatgina eng birinchi 300 murojaat qiluvchi aksiya qatnashchisiga aylanishi mumkin! Ishtirok etish haqidagi murojaatni yagona bepul raqam: 0 800 120 2222 ga qo‘ng‘iroq qilib, yuborish mumkin. Aktsiya tafsilotlari quyidagi saytda: lgblog.uz

Yodda tuting, konditsionerni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rikdan o‘tkazishga uning keyingi ishi bog‘liq. Yangi va toza havo esa oilangizning har bir a'zosi sog‘lig‘i garovidir.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: