Yangi Apple, Samsung va LG​ flagmanlarini solishtiramiz: qay biri jozibali vosita? 

Fan-texnika 20:40 / 06.08.2017 21662

Apple, Samsung va LG​ kompaniyalari tomonidan taqdim etilishi kutilayotgan yangi flagman gadjyetlarining rasmiy namoyishidan avval internet tarmog‘ida ular haqida bir qancha ma'lumotlar paydo bo‘lmoqda. Uyali aloqa vositalariga ixtisoslashgan PhoneArena​ axborot resurslar maydonidagilar tarqalgan ma'lumotlarga asoslanib, Apple​ iPhone 8, Samsung Galaxy Note 8 va LG V30 telefonlarini o‘zaro solishtirib chiqishdi. 

Birinchi e'tiborli jihati bu, har uchala flagmanga ham Am texnologiyasida ishlab chiqarilgan ekran o‘rnatiladi. Uning kattaligi bo‘yicha Samsung Galaxy Note 8​ ilgarilab ketgan (6,3 dyuym), o‘rtacha ekran kattaligi bilan jihozlangan LG V30 mahsuloti 5,8 dyuymdagi Apple telefonidan kattaroq bo‘ladi. Bu uch yangi avlod aloqa vositalarining orasida Apple​'niki tekis yuzaga ega ekran bilan jihozlanmoqda. Koreys telefonlari esa chekkasi qavariq qilib ishlangan bo‘lishi kutilmoqda.

Eng «semiz» telefon Galaxy Note 8 bo‘lishi mumkin, yangi iPhone 7.5 mm qalinlikda ishlab chiqarilmoqda. Eng «ozg‘in» flagman LG V30 bo‘lib, u 151.4x75.2 mm o‘lchamda bo‘ladi, Galaxy Note 8​ esa 162.5x74.6 mm.

Ko‘proq yangiliklar: