Consumer Reports Amerikaning 2017 yildagi eng yaxshi 10 ta mashinasini tanladi

Fan-texnika 10:58 / 05.08.2017 11658

Amerikaning obro‘li Consumer Reports nashri turli rusumdagi eng yaxshi avtomobillarni aniqladi. Nashr 2017 yilga modellar qatoridan 10 toifa bo‘yicha eng yaxshilarini tanladi. Mashinalarning barchasi jurnal tomonidan o‘tkazilgan test-drayvlar natijasida aniqlangan. Tanlov mezoni sifatida modelning yakuniy baholanishi, ishonchlilik reytingi, xavfsizlik ko‘rsatkichi va mijozlar fikri e'tiborga olingan. Nashr so‘nggi mezon – xaridorlar fikri borasida 300 mingdan ortiq iste'molchilarning 2014 yildan keyingi modellar qatoriga doir qarashlarini inobatga olgan. Demak, tanishamiz, Amerikaning 2017 yildagi eng yaxshi avtomobillari Top-10 ligi:

Toyota Yaris iA subixcham avtomobili

Mazda kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan (aytish mumkinki, bu tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan Mazda2) va AQShda Scion nomi bilan sotilgan, uning bozorni tark etishidan so‘ng Toyotaga aylanib yana qaytgan mashina yuqori ishonch ko‘rsatkichi va xaridorlarning ijobiy fikrlariga ega. Consumer Reports avtomobilni arzon sedanlar orasidagi eng yaxshilaridan biri deb e'tirof etdi. 

Chevrolet Cruze ixcham sedani

Consumer Reports vakillarining qayd etishlaricha, yangi Cruze – o‘z tasnifida ekspertlarning eng yuqori baholariga ega bo‘lgan kamssonli avtomobillardan biridir. U Honda Civic va Toyota Corolla bilan bemalol raqobat qila oladi.

Toyota Prius ixcham gibridi

Ha, bu avtomobil Amerikaning turli reytinglarida doimiy ravishda qatnashib keladi. Consumer Reports nashrining ta'kidlashicha, «Prius»ning ishonchlilik ko‘rsatkichi va mijozlarning ijobiy qarashlari borasida yuqori natijalarni qayd etgan. Xaridorlarning aksariyati navbatdagi mashina sifatida ayni shu modelning yangi avlodini xarid qilishini bildirgan. 

Mazda MX-5 sportkari

Iste'molchilarning ijobiy baholari, boshqarishda qulaylik va tejamkorlik, deb yozadi Consumer Reports, rodsterga 2017 yilning eng yaxshi mashinalari qatoridan joy olishga imkon berdi. 

Kia Optima o‘rta hajmli sedani

Consumer Reports nashriga ko‘ra, modelning ishonchlilik darajasi juda yuqori. Bundan tashqari mashina egalari ham faqat ijobiy fikr bildirishgan. Nashr ekspertlari sedanni yuqori baholashgan. 

Chevrolet Impala to‘liq hajmli sedani 

Ekspertlar «Impala»ning keng salonini e'tirof etishgan. Shuningdek, rul boshqaruvi, keng yukxona va narxining unchalik ham qimmat emasligi e'tirof etilgan. Birgina ishonchlilik ko‘rsatkichi o‘rtacha darajada.

Toyota Highlander o‘rta hajmli yo‘ltanlamas

Prius kabi bu yo‘ltanlamas ham tez-tez turli reytinglarda paydo bo‘ladi. 8 bosqichli AUQ bilan jihozlangan yangilangan Highlander Consumer Reports ishonchiga sazovor bo‘ldi.

Audi Q7 qimmat yo‘ltanlamas

Consumer Reports nashrining yozishicha, Q7 nashr tomonidan sinab ko‘rilgan yo‘ltanlamaslar orasida eng yuqori bahoni oldi. Bu ishonchlilik ko‘rsatkichlari va xaridorlar fikriga ham doirdir. 

Honda Ridgeline ixcham pikapi

Ekspertlarning fikricha, bu pikap katta va og‘ir tirkamalarni tortish yoki juda yomon yo‘llarda harakatlanishga qo‘l kelmaydi. Biroq aynan u biznes yuritishda katta bo‘lgan pikap esa, balki ahyon-ahyonda tabiat qo‘yniga chiqishni odat qilgan kishilar uchun juda ma'qul kelgan. 

Ko‘proq yangiliklar: