OAV: Yaponiyaning 2 ta yirik avtokorporatsiyasi elektromobillarni birgalikda ishlab chiqaradi

Fan-texnika 12:12 / 04.08.2017 4934

Yaponiyaning yirik konsernlari Toyota va Mazda elektrodvigatelli avtomobillarni ishlab chiqish hamda AQSh hududida qo‘shma korxona tashkil etish maqsadida sheriklik qilish niyatida. Bu haqda Nikkei gazetasi xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ikki kompaniya vakillari, Toyota Mazda’ning 5 foiz aksiyalarini xarid qilishi, Mazda esa sherikchilikni yo‘lga qo‘yish uchun mablag‘ yo‘naltirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Har ikki korporatsiya buning hisobidan 2019-2020 yillarda elektromobillar jahon bozoriga chiqishga harakat qiladi.

Toyota va Mazda mahsulotini asosan AQShda sotish mo‘ljallanmoqda. Kontsernlar xarajatlarni kamaytirish va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘proq mablag‘ yo‘natilrish uchun u yerda yiliga 300 ming avtomobilni chiqarish quvvatiga ega zavodni birgalikda quradi, asosan bu yo‘ltanlamaslar bo‘ladi. Hozirda Toyota AQShda oltita korxonaga ega bo‘lsa, Mazda’da bitta ham yo‘q, shuning uchun mahsulot Yaponiya hamda Meksika orqali yetkazib berilmoqda.

2015 yilda har ikki avtomobil ishlab chiqaruvchisi xavfsiz haydash texnologiyasi va atrof-muhitga minimal zarar keltiruvchi mashinalarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik kengayganini ma'lum qildi. Biroq o‘shanda bunga birgalikda mablag‘ sarflash haqida hech narsa aytilmagan.

Nashrning ta'kidlashicha, Toyota va Mazda hamkorligining kengayishi jahon avtomobillar bozorini yirik konsernlar mahsuloti hisobidan tashkil etish bo‘yicha harakatlar mustahkamlanayotgani tufayli ro‘y bergan.

Ko‘proq yangiliklar: