AQShning Yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) mashinaning orqa o‘rindiqlarida xavfsizlik kamarini qo‘llash mavzusiga tadqiqot o‘tkazdi. AQShda o‘tkazilgan so‘rovnomaning ko‘rsatishicha, odamlardan uchdan bir qismi orqa o‘rindiqlarda xavfsizlik kamarlarini taqmas ekanlar. Shu sababli IIHS krash-test o‘tkazdi.
Ekspertlar so‘rovnomasi 18 yoshdan katta va yaqin orada avtomobillarning orqa o‘rindig‘ida yurgan 1172 kishini qamrab oldi. Ulardan 91 foizi oldi o‘rindiqlarda hamisha xavfsizlik kamaridan foydalanishlarini, biroq 72 foizginasi orqa o‘rindiqlarda ulardan foydalanishlarini ma'lum qilganlar.
Shu bilan birga odamlar xavfsizlik kamarini inobatga olmaydigan bir necha sabab ajratilgan. Bular orasida orqa o‘rindiqlarda o‘tirish xavfsizroq ekanligiga ishonch, oddiy esdan chiqarish va xavfsizlik kamarini topish bilan bog‘liq qiyinchiliklar bor.
IIHS’ning yangi roligida soatiga 36 mil tezlikda old tomon bilan urilish imitatsiyasi ko‘rsatilgan. Bunda haydovchi o‘rindig‘idagi manekenda xavfsizlik kamari taqilgan, orqa o‘rindiqdagi "yo‘lovchi"da esa taqilmagan bo‘lgan.
IIHS ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda xavfsizlik kamari avriyalardan keyin 13 941 kishining hayotini saqlab qolgan. Agar barcha odamlar xavfsizlik kamarini taqqanlarida bu yana 2800 kishining hayotini saqlab qolgan bo‘lardi. Pikap, yo‘ltanlamas va venlar borasida xavfsizlik kamaridan foydalanish o‘limga olib keluvchi jarohatlar olish xatarini 60 foizga, yengil avtomobillarda esa 45 foizga kamaytiradi.