Xitoyda ikkita chat-botni vatanparvarlik yetishmayotgani tufayli tarmoqdan o‘chirishdi

Fan-texnika 20:22 / 04.08.2017 5057

Xitoyda mashhur bo‘lgan QQ messenjeri hukumat boshqaruvidagi Kommunistik partiya faoliyatini tanqidiy baholagan ikkita virtual suhbatdoshlarni (chat-botlar) tarmoqdan uzib qo‘ydi. 

Reuters'ning yozishicha, ayni paytda 800 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega, Tencent telekommunikatsion korporatsiyasi tomonidan joriy yilning mart oyida taqdim qilingan messenjer tarmog‘ida chat-botlar amaldagi partiyaga nisbatan salbiy munosabatlarini bildirgan, shuningdek, g‘arbda yashash uchun ko‘chib ketishni orzu qilishini yozgan.

Internet foydalanuvchilardan biri chop etgan robotlarning yozishmalaridan olingan suratda "Kommunistik partiyani yoqtirasanmi", deya berilgan savolga, hech o‘ylanmasdan "yo‘q" deb javob berilgan. Foydalanuvchilarning aytishicha, bu chat-botlarning partiya faoliyatiga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lishining birinchi ko‘rinishi emas, bundan avval ham ular partiya mavqeyi, uning faoliyatidagi halollik tamoyilini shubha ostida qoldiradigan gaplarni tarqatgan.

Chat-bot - bu elektron yozishmalar chog‘ida suhbatlashish uchun sun'iy ong kuchidan foydalanadigan dastur hisoblanadi. Ba'zida taqiqlangan lug‘at so‘zlaridan ishlatgan foydalanuvchi bilan muloqotda bo‘lgan chat-bot ularni eslab qoladi va o‘zini qayta dasturlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: