Samsung Apple’ni chorakdagi daromad bo‘yicha ilk bora ortda qoldirdi

Fan-texnika 14:14 / 03.08.2017 3784

2017 yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha Apple kompaniyasi sof daromadi 8,72 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytiladi.

Bu ko‘rsatkich 12 foizga o‘sgan. iPhone sotuvlari 1,6 foizga oshgan bo‘lsa (41,03 mln), iPad’niki – 15 foizga (11,4 mln) ko‘tarildi.

Reuters agentligining ta'kidlashicha, chorak bo‘yicha natija tahlilchilarning bashoratidan yuqori bo‘ldi. Bu aksiyalar qiymatining 159,1 dollarga qadar oshishiga zamin yaratdi.

Biroq kompaniyaning daromad ko‘rsatkichi Samsung’nikidan 1,18 mlrd dollarga kamroqni tashkil etdi.

Avvalroq Samsung 2017 yilning 2-choragida rekord daromad olgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: