“Mobil kino kelajagi” deb e'tirof etilayotgan smartfon namoyish qilindi

Fan-texnika 00:43 / 03.08.2017 24753

Amerikalik YouTube-bloger Markus Braunli professional kinokameralar ishlab chiqaruvchi RED kompaniyasining Hydrogen smartfonining ilk prototiplarini namoyish qildi. Uning aytishicha, qurilma alohida ovoz balandligi tugmalariga ega va elektr ta'minot tugmasiga barmoq izlari sensori o‘rnatilgan qovurg‘ali korpus oladi.

Braunli shuningdek smartfon uning pastki qismidagi maxsus konnektorga ulanadigan aksessuarlar, misol uchun fotoobektivlar uchun mahkamlagich qo‘llanganda smartfon qanday ko‘rinishini namoyish qildi. Qurilma yaratuvchilarining tushuntirishlaricha, ular bunday yechimda kichik o‘lchamli videosurat kelajagini ko‘rmoqdalar.

RED Hydrogen’ning yana bir xususiyati “4 o‘lchamli” golografik ekrani hisoblanadi. Blogerga displey ishlashini ko‘rsatish taqiqlandi, biroq uning aytishicha, olingan tasvir “aql ozdirgudek, chuqur va 3D ga o‘xshash” bo‘lgan.

RED Hydrogen anonsi 7 iyulda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda qurilma Android operatsion tizimi negizida ishlashi, 5,7 dyuym diagonalli vodorod ekran olishi va RED kameralari bilan moslashgan bo‘lishi ma'lum bo‘lgandi.

Buyurtma bo‘yicha qurilmaning narxi 1,1 ming dollarni yoki korpus materialiga (alyuminiy yoki titan) bog‘liq holda 1,5 ming dollarni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: