Lenovo‘ga tegishli Motorola kompaniyasi Moto G5S va Moto G5S Plus smartfonlarini namoyish etdi. Smartfon nomidagi S harfi “maxsus nashr” degan ma'noni bildiradi. Har ikkala qurilma avvalgi Moto G5 va Moto G5 Plus’ga nisbatan bir qancha yangilanmalarga ega, deb ma'lum qildi 3dnews.ru nashri.
Moto G5S metall korpus, tez quvvatlash TurboPower’ni qo‘llab-quvvatlovchi 3000 mA-soat batareya, 16 Mp li kamera va keng burchakli 5 Mp li frontal kamera taklif qiladi. Qurilma 5,2 dyuymli ekran, 8 yadroli protsessor, 32 Gb doimiy va 3 Gb tezkor xotira bilan jihozlangan.
Yaqinda chiqqan Moto G5 esa Moto G5S’dan uncha farq qilmaydi: u 13 Mp li kamera, LED-chaqnoq, 5 dyuymli displey va 2800 mA-soatlik batareya bilan jihozlangan.
Moto G5 Plus va Moto G5S Plus o‘rtasidagi farqlar esa anchagina. Moto G5S Plus 13 Mp li kamera bilan jihozlangan, u fotosuratlarni yaxshilash dasturiy funksiyalari bilan to‘ldirilgan. Old kamera ham yaxshilangan, uning ko‘rsatish qobiliyati 8 Mp ni tashkil qiladi, LED-chaqnoq paydo bo‘lgan. G5S Plus ekranining diagonali 5,5 dyyumga yetkazilgan.
Qolgan jihatlar bo‘yicha G5S Plus telefoni G5 Plus’dan uncha farq qilmaydi: ikkalasida ham 3 yoki 4 Gb tezkor xotira, 32/64 Gb ichki xotira, microSD’ni qo‘llab-quvvatlash, 3 ming mA-soatli batareya va barmoq izlari skaneri mavjud.