Ford ixtirochilari avtomobil shovqinini o‘chirib qo‘yish imkoniyatiga ega yangi avlod rusumini taqdim etmoqchi. Barchaga mashhur Mustang GT sport turkumidagi avtomobilida mavjud dvigatelga qo‘shimcha quvvat va ovoz kuchaytirib beruvchi tugmacha yangi rusumdagi Ford Mustang GT 2018 buning aksini bajaradi. Birgina tugmachani bosib, mashinaning tashqi shovqinini yarimigacha so‘ndirsa bo‘ladi. Bu esa it va mushukning ovozidagi farq kabi yaqqol seziladi.
G‘oya muallifi Stiven fon Fosterning qo‘shnilari uning Ford Mustang Shelby GT350 mashinasi kuchli shovqin tarqatayotgani tufayli politsiyaga arz qilganidan so‘ng, avtomobilning tashqi ovozini so‘ndirish haqida o‘ylab qolgan. Uning aytishicha, haydovchi xohlagan payti qarshisidagi displeyda namoyon bo‘lib turgan rejimlaridan birini tanlashi mumkin. Ford Mustang GT 2018 sohibi mashinasining shovqinga nisbatan ishlatiladigan rejimini aniq vaqtga qarab rejalashtirilishi, bekor qilish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu rusumga «Tezkor yo‘lak» rejimi ham sozlanmoqda. Bu orqali Ford 4 soniyada tezlikni soatiga 60 kmgacha oshirishi mumkin.