Beeline aloqa operatori Haj ziyorati vaqtida Saudiya Arabistonida bo‘lgan kompaniya abonentlari uchun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda. Mahalliy rouming-hamkorlar bilan kelishuv yordamida Beeline mijozlari o‘z raqamlarida arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha aloqada qolishlari mumkin.
Chegirmalar Zain SA (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) va STC (Saudi Telecom Company) operatorlari tarmog‘ida 2017 yilning 1 avgust kunidan 15 oktabr kuniga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:
• Internet (avvalgi narx — $19.66, yangi narx — $1.00)
• SMS (avvalgi narx — $0.60, yangi narx — $0.10)
• Kirish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $2.40, yangi narx — $1.00)
• Saudiya Arabistoni bo‘ylab mahalliy chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $1.80, yangi narx — $1.00)
• O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $3.60, yangi narx — $0.10)
Quyidagi operatorlar abonentlarning telefon ekranlarida «Zain SA», «42004», «KSA04» yoki «STC», «42001», «KSA01» yoki «ALjawal» sifatida ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.