Hotambek Shokirov Toshkent tumaniga hokim bo‘ldi

Foto: Xalqaro press-klub
Zangiota tumani tarkibidan ajratilib, yangidan tashkil etilgan Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Davlat soliq ko‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Hotambek Shokirov yangi tumanning yangi hokimi bo‘ldi.
Hotambek Shokirov (1970 yili tug‘ilgan) 2015 yil martidan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U soliq organlari tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan.
Prezidentning Toshkent viloyatiga safari davomida Zangiota tumani hududi kengayib ketishi ortidan uni boshqarish qiyinlashgani tufayli, undan Toshkent tumani ajratib olingandi. Toshkent tumani 2010 yili Oliy Majlis Senati qarori bilan Zangiota tumaniga qo‘shib yuborilgan.
Endilikda, Toshkent viloyatida Zangiota va Toshkent tumanlari mavjud, bu tumanlar markazlari mos ravishda Eshonguzar va Keles hisoblanadi.
Bundan avvalroq «Agrobank»ning sobiq raisi Abduvahob Tamekayev Zangiota tumaniga hokim etib tayinlangandi. U 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Sa'di Shermatov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid

13:04 / 08.01.2025
Toshkent tumanida aholi noroziligidan keyin sanitar tozalash korxonasi bilan shartnoma bekor qilindi

15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi

13:34 / 17.10.2024
Toshkent tumanida it yosh bolani o‘ldirib qo‘yay dedi. Uning egasi 370 ming jarima bilan qutulib ketadi

23:40 / 09.10.2024