Apple yangi iPhone’ning dizayni tafsilotlarini tasodifan «oshkor qilib qo‘ydi»

Fan-texnika 17:15 / 31.07.2017 13692

HomePod aqlli kolonkasi proshivkasi kodida Apple kompaniyasining yangi iPhone’i modelining qator o‘ziga xos jihatlari yashirilgan. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.

Yangi smartfon haqidagi ma'lumotni boshqa dasturchilar topishgan. iPhone’da yuzlarni farqlovchi infraqizil skaner paydo bo‘lishi ham istisno etilmadi, u barmoq izlari skanerining o‘rniga kelishi mumkin.

Bundan tashqari, iPhone korpusining to‘g‘ri holatdagi sxemali tasviri aniqlandi, unda ekran yonidagi ramkalar minimal ekani, shuningdek, «Uyga» mexanik tugmachasining yo‘qligini payqash mumkin.

Avvalroq xakerlar iPhone foydalanuvchilariga spam yordamida hujum qilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: