OAV: Apple Nokia kompaniyasiga patent ishi bo‘yicha 2 mlrd dollarga yaqin pul to‘lagan

Fan-texnika 16:16 / 29.07.2017 11052

Nokia kompaniyasining 2017 yil ikkinchi choragiga doir moliyaviy hisobotida 1,7 mlrd dollar miqdoridagi avans mablag‘i borligi qayd etilgan. Uning noma'lum manbadan kelib tushganini ko‘rish mumkin. Nokiamob kompaniya ushbu mablag‘lar Apple korporatsiyasidan tushganini tasdiqlagani haqida xabar qilmoqda.

Nokia matbuot xizmati pullar qachon tushgani va uni qanday tasarruf etishini bildirmagan. Nashrning taxmin qilishicha, Apple talab qilingan pulni bir martaning o‘zida o‘tkazishga va patent masalalari bilan uzoq vaqt o‘ralashib yurmaslikka qaror qilgan. 

2016 yil dekabrida Nokia Apple ustidan sudga murojaat qilib, kompaniyani iPhone smartfonlarini ishlab chiqishda 32 ta patentlikhuquqini buzganini da'vo qilgandi. Mazkur masala 2017 yil mayiga kelib yopilgan. Kompaniyalar hamkorlik qilishga kelishgan, Apple avans to‘lovini naqd pulda yuborgan. 

Kelishuvda to‘lovning yakuniy summasi umumiy savdolar bo‘lib o‘tgach ma'lum qilinishi qayd etilgan. Nokia esa, olingan to‘lovlar miqdorini choraklik yakunida e'lon qilishini aytmoqda. Shu bilan bir vaqtda Apple do‘konlarida Nokia elektron tarozu va boshqa jihozlari paydo bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: