Germaniya Volkswagen AG avtokonsernining hukumatni aldash maqsadida til biriktirganlikda gumon qilinib Amerikada qo‘lga olingan menejyeri Oliver Shmidt sudda o‘z aybiga iqror bo‘lishga rozi bo‘ldi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Volkswagen konserni AQShda dizel avtomobillarini atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturlar o‘rnatganlikda ayblanmoqda. Amerika hukumati kotsernga 2009-15 yillarda sotilgan 482 ming dona Volkswagen va Audi yengil avtomobillarini qaytarib olish majburiyatini yukladi. Volkswagen aprel oyida bu borada kelishuvga erishdi.
Gazetaning yozishicha, 25 iyulda Shmidt advokatlari Michigan shtatidagi sudda ma'lum qilganlaridek, ularning mijozi 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan sud eshituvlarida aybinitan olishga tayyor.
Shmidt kompaniyaning AQShdagi vakolatxonasida normativ talablarga rioya qilish masalalari bo‘yicha bo‘limga rahbarlik qilgan. U shu yilning yanvar oyi boshida Florida shtatida FQB tomonidan hibsga olingan edi. Sudni firibgarlik va til biriktirishda ayblagan edi.
Shundan so‘ng, AQSh sudi Shmidtni garov evaziga qo‘yib yuborishni rad etgan. Unga ilgari surilayotgan ayblovlar bo‘yicha jami jazo muddati 169 yilni tashkil etadi.
Gazetaning yozishicha, Volkswagen konserni Shmidt qarorini izohlamagan.