Daimler nemis avtokonsernlari til biriktirganlarini birinchi bo‘lib tan oldi

Fan-texnika 19:52 / 25.07.2017 5617

Daimler avtokonserni Germaniyaning eng yirik beshta avtomobilsozlik kompaniyasi o‘zaro til biriktirganini birinchi bo‘lib tan oldi. 25 iyulda Süddeutsche Zeitung nashrining ma'lum qilishicha, kompaniyaning bunday yo‘l tutishidan maqsad – mojarodan yuridik asoratlarsiz chiqish imkoniyatidir. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Volkswagen kompaniyasi ham aksilmonopol qonunchilik buzilganini ma'lum qilgan, biroq buni Daimler’dan keyin amalga oshirgan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Volkswagen o‘ziga solinishi mumkin bo‘lgan jarima sanksiyalari 50 foizgagina yumshatilishiga umid qilishi mumkin. 

24 iyulda Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Ulrike Demme Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi idoralari 5 ta nemis avtokotserni 1990-yillardan beri ishlab chiqarish va mashinalarni o‘tkazish bo‘yicha harakatlarini kelishib kelganlari haqidagi OAV ma'lumotini tekshirayotganlarini ma'lum qilgandi.

Nemis avtokonsernlari o‘z harakatlari bo‘yicha kelishib olganlari haqidagi xabarni 21 iyulda Der Spiegel nashri tarqatgandi. Bu kelishuvda go‘yoki Volkswagen, Audi, Porsche, BMW va Daimler kompaniyalari ishtirok etgan. Bu vaqt davomida 60 ga yaqin ishchi uchrashuv o‘tkazilib, ularda konsernlarning 200 dan ko‘proq xodimi ishtirok etgan. Kompaniyalar o‘zaro raqobatni minimum darajaga keltirishni ko‘zlaganlar.

Ko‘proq yangiliklar: