Internetdagi yirik “qora bozor” Tramp ko‘rsatmasiga binoan yopildi

Fan-texnika 21:52 / 21.07.2017 8942

Internetning yirik noqonuniy savdo maydoni hisoblangan AlphaBay Amerika maxsus kuchlari tomonidan xalqaro kiberjinoyatchilikka qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida yopildi. Bu amaliyot prezident Donald Trampning bevosita ko‘rsatmasi asosida amalga oshirilgan. Reuters agentligi mamlakat bosh prokurori Jyeff Seshns so‘zlariga asoslangan holda shu haqda xabar qilmoqda. “AlphaBay bir yillar muqaddam ishga tushirilgan bo‘lib, yopilish vaqtida 2013 yildagi Silk Road maydonchisi hajmidan 10 karra yirik edi”, - degan FQB direktori v.b. Endryu Makkeyb. 

Internet foydalanuvchilari Tor brauzeri orqali saytga kirib, bitkoinlar vositasida xaridlarni amalga oshirishgan. Unda giyohvand moddalar, qurol va kiberhujumlar uchun dasturiy ta'minotlar sotilgan. 

Seshnsning so‘zlariga ko‘ra, AlphaBay maydonida 40 ming sotuvchi, 200 ming xaridor ro‘yxatdan o‘tgan. Unda 250 mingdan ortiq turli tovar va xizmatlar sotilgan. Xususan, 238 sotuvchi geroin taklif qilingan. 5 iyul kuni AlphaBay asoschisi hisoblangan kanadalik Aleksandr Kazes Tailandda ushlangan edi.
 
U bir necha kundan so‘ng qamoqxonada o‘zini o‘ldirdi. 

Bundan avvalroq, iyun oyida shunga o‘xshash yana bir internet savdo maydoni Hansa Market yopilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: