Amerikaning Tesla kompaniyasi o‘z elektromobillarini qanday usulda ishlab chiqaradi? Bu ko‘pchilikni qiziqtirgan savol, shunday emasmi? Axir kompaniya qisqa davr ichida yuksak natijalarga erishmoqda. Wired nashri ayni shu savolga javob berish maqsadida kompaniyaning Kaliforniya shtati Frimont zavodidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Korxonaning umumiy maydoni 500 ming kv.m.dan oshadi. Shunga qaramay, deb yozadi nashr ishlab chiqarish jarayoni deyarli to‘liq avtomatlashtirilgan. Ishlarning katta qismini esa, robotlar bajaradi. Bundan tashqari, fabrikada 6000 kishi ishlaydi.
Robotlar ekranlar ortidagi akril shishalarni payvandlaydi
Kuka roboti avtomobillarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. 2017 yili Tesla Model 3 mashinasini yig‘ishga tayyorgarlik doirasida fabrikaga 467 ta yangi Kuka roboti o‘rnatildi.
Robot avtomobilni bo‘yashdan oldin tayyorlaydi.
Ishlab chiqarilgan ehtiyot va butlovchi qismlarni ishchi ko‘zdan kechiradi hamda belgilaydi.
2017 yil martida zavod ishchilari korxonadagi avtomobil saqlash bilan muammolarni qayd etgan edi. Zavodning 6000 xodimi uchun 4500 o‘rinli avtoturargoh barpo etilgan.