AQShda rossiyalik xaker 5 yilga qamaldi

Fan-texnika 19:42 / 20.07.2017 9291

AQShning Atlanta shahridagi sud rossiyalik xaker Mark Vartanyanni besh yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U zararli dasturlarni yaratishda ayblangandi.

Mark Vartanyan Citadel dasturini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Jinoyatchilar bu dastur yordamida kompyuterlar hamda shaxsiy bank hisoblariga kirishgan. Mualliflar servisni rus tilidagi yopiq forumlarda sotishgan.

Vartanyan o‘z aybini to‘la tan oldi. Hukmni e'lon qilishda, u 2014 yildan beri qamoqda saqlanayotgani ham hisobga olindi. Mark avvaliga Ukrainada istiqomat qilgan, keyin esa Norvegiyaga ko‘chib o‘tgan.

Vartanyan hibsga olinganidan so‘ng o‘z aybini rad etdi, biroq 2017 yilning martida tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi hamda o‘z harakatlari uchun kechirim so‘radi. 

Rossiyalik dasturchi joriy yilning bahorida Norvegiyadan AQShga ekstraditsiya qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: