Saudiya Arabistoni may oyida neft qazib olish bo‘yicha Rossiyadan ortda qoldi

Iqtisodiyot 14:56 / 19.07.2017 5516

Rossiya 2017 yilning may oyida Saudiya Arabistonini neft qazib olish darajasi bo‘yicha ortda qoldirdi. Ruslar sutkasiga 418 ming barrel neft qazib olib, bu boradagi ko‘rsatkichni may oyida 10,298 mln barrelga yetkazdi. Bu haqda Joint Organisations Data Initiative materialida aytiladi.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni mayda 9,88 mln barrel neft qazib olgan.

Joint Organisations Data Initiative ma'lumotiga qaraganda, Rossiya Saudiya Arabistonini neft qazib olish hajmi bo‘yicha 2017 yilning yanvarida ortda qoldirdi hamda o‘shandan beri yetakchi pozitsiyalarni o‘zida saqlab turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: