GM Uzbekistan Rossiyada 1-yarim yillikda qancha avtomobil sotgani ma'lum 

Iqtisodiyot 08:42 / 19.07.2017 24589

GM Uzbekistan AJ 2017 yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyada 4946 ta Ravon avtomobillarini sotdi. Bu haqda Uzdaily.uz Yevropa biznesi Assotsiatsiyasining avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga asosan xabar berdi.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, GM Uzbekistan kompaniyasi Rossiyada 2017 yilning iyunida 1239 ta Ravon avtomobilini sotgan.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2017 yilning olti oyi yakunlari bo‘yicha 0,7 foizni tashkil etdi, deyiladi qo‘mita xabarida.

GM Uzbekistan AJ 2017 yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, Rossiyada sotiluvchi avtomobillar miqdori bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan’ning bironta modeli ham ko‘rsatilgan davrda Top-25likka kirmagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: