Maymun 50 ming kishini chiroqsiz qoldirdi

Zambiyada maymun Livingston shahridagi elektr simlariga zarar keltirdi. Natijada 50 ming kishi chiroqsiz qolgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Energetika kompaniyasi vakilining ta'kidlashicha, hayvon kuchli elektr zarbasidan so‘ng tirik qolgan. Ayni damda maymun yovvoyi tabiatni qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot qaramog‘ida ekani aytilmoqda. U jiddiy jarohatlarga qaramay, asta-sekin tiklanmoqda.
Ta'kidlanishicha, shaharda elektr ta'minoti tiklanib bo‘ldi.
Mavzuga oid

09:16 / 10.02.2025
Bir maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi

15:50 / 03.09.2024
Hindistonda 17 ta maymun o‘limi bo‘yicha tergov olib borilmoqda

15:10 / 07.09.2023
G20 sammiti oldidan Hindistonda tozalash: maymunlar Nyu-Dehli markazidan quvilmoqda

20:23 / 17.08.2023