Nyu-York aeroportida tirik kobralar solingan jo‘natma aniqlandi
Jon Kennedi nomidagi Nyu-York xalqaro aeroportida bojxonachilar ichida 5 ta tirik qirol kobrasi va 3 ta gekkon (kaltakesak turi) bo‘lgan jo‘natmani aniqlashdi.
"Interfaks" axborot agentligining mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, jo‘natma aeroportning pochta bo‘limi ko‘zdan kechirilganda aniqlangan. U Gonkongdan jo‘natilgan bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, ilon va gekkonlar AQShning baliq zaxiralari va yovvoyi jonzotlarni qo‘riqlash xizmatiga topshirilgan.
Qirol kobralari zaharli ilonlar bo‘lib, ularning uzunligi 6 metrgacha yetishi mumkin.
Mavzuga oid

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

17:10 / 07.03.2025