Xitoy xorijdagi birinchi bazasiga harbiylarni yubordi

Foto: Reuters
Xitoy harbiy xizmatchilari XXRning Jibuti davlatida joylashgan xorijdagi birinchi bazasiga jo‘nab ketishdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Chjantszyan portida tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgan. «Sinxua»ning aniqlik kiritishicha, Jibutida Xitoy xalq-ozodlik armiyasi bazasini tashkil etish hamda u yerga armiya kontingentini yuborish qarori davlatlar hukumatlari tomonidan do‘stona muzokaralar o‘tkazilgach, qabul qilingan. Ta'kidlanishicha, bu xalqlarning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi.
Xitoylik harbiylar kerakli infratuzilma qurilishini o‘tgan yilda boshlashdi. Gap XXR HDKning Yaman va Somali qirg‘oqlari yaqinidagi gumanitar hamda tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etuvchi kemalariga ta'minot bazasini yaratish haqida ketmoqda. Baza qachondan boshlab to‘laqonli faoliyatni boshlashi noma'lum.
Jibuti – Sharqiy Afrikadagi davlat bo‘lib, aholisi taxminan 740 ming kishini tashkil etadi. Mamlakat hududida AQSh, Fransiya va Yaponiya HDKning ta'minot punktlari bor.
Mavzuga oid

12:12 / 16.01.2025
Voronej oblastida neft bazasida dron hujumidan keyin yong‘in chiqdi

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi

20:48 / 09.12.2024