Vetnam va AQSh o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2000 yildan buyon 43,5 martaga oshdi

Iqtisodiyot 11:20 / 11.07.2017 6210

Vetnam sotsialistik respublikasi (VSR) va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo aylanmasi so‘nggi 16 yilda 43,5 baravarga o‘sdi. VSR Davlat bojxona boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2000 yildagi 1,08 mlrd dollardan 2016 yil yakuniga binoan 47,15 mlrd dollarga oshgan. 

TASS agentligining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar so‘nggi yillarda Vetnam uchun yirik eksport bozori bo‘lib qolmoqda va yiliga o‘rtacha 28 foizlik o‘sishni namoyish etayapti. 

Bunda Vetnam Amerika mahsulotlarini import qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatida 12-o‘rinda turibdi. VSR AQSh qishloq xo‘jaligi, dengiz mahsulotlari, mebel va to‘qimachilik, trikotaj buyumlarini yetkazib bersa, AQShdan oziq-ovqat mahsulotlari, elektronika, butlovchi va ehtiyot qismlar xarid qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilda ushbu ikki mamlakat Vetnam urushi sababli uzilgan munosabatlarni tiklagan edi. 

O‘tgan davr mobaynida AQSh VSRning nafaqat yirik savdo hamkorlaridan briga aylandi, balki Vetnam iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan 5 davlatning biri bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar bu yerda umumiy qiymati 10 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 835ta  investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. O‘z navbatida, Vetnam AQSh OO‘Yulariga talabalarini yuborayotgan mamlakatlar safida yetakchilardan biriga aylandi va 7 o‘rinni egallab turibdi. Hozirda, AQShda ta'lim olayotgan vetnamliklar 21 mingdan oshadi.

Ko‘proq yangiliklar: