Internetda Apple’ning yangi qurilmasi to‘rtta rangda chiqarilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi, ular orasida yangi dizayn ham bor – shishalisi.
Yangi dizaynerlik qarori haqidagi ma'lumot Veniamin Geskinning tvitterdagi sahifasida paydo bo‘ldi. Mutaxassis iPhone 6s’ning shishali korpusidagi fotosuratini taqdim etdi hamda iPhone 8’ning to‘rtinchi “ranggi” shunday bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.
Ayni damda iPhone 7 oltita rangda sotilmoqda: oniks, qora, kumush rang, tilla, pushti tilla rang va qizil.
Avvalroq iPhone 8’dagi displey diagonali 5,8 dyuymga teng bo‘lishi, shu bilan birga, qurilmaning hajmi iPhone 7’dan katta bo‘lmasligi ma'lum qilingandi.
Yangilik bozorga ikki variantda – 64 va 256 Gbayt ichki xotira bilan chiqariladi.
Black or Silver Mirror pic.twitter.com/gdIaKdBOjt
— Benjamin Geskin (@VenyaGeskin1) July 8, 2017