Italiyaning Ferrari kompaniyasi krossover ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Car jurnali ma'lumotiga ko‘ra, noodatiy model 2021 yila paydo bo‘ladi va gibrid motoriga ega bo‘ladi.
Bu borada maxsus maqola chop etgan Car nashri Maranellodagi manbalariga asoslangan. Unga ko‘ra, avtomobil shartli ravishda F16X deb nomlanmoqda. Kompaniyaga ko‘ra, bu krossover yoki yo‘ltanlamas bo‘lmaydi. Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Italiya kompaniyasi «besh eshikli baland kupe» ishlab chiqaradi.
Yangi mashina GTC4 Lusso o‘rniga keluvchi mashina platformasida yig‘iladi. Krossoverga uning to‘liq uzatmali tizimi ham olinadi. Shunga qaramay, F16X o‘lchamlari bo‘yicha birmuncha baland bo‘ladi.
Ferrari F16X ehtimoliy tashqi ko‘rinishi
E'tiborli jihati shundaki, krossoverning orqa eshiklari harakat yo‘nalishiga qarshi tarafga ochiladi va uning markaziy ustunlari bo‘lmaydi.
Kapoti ostida 8 silindrli motor yoki benzin-elektrli gibrid qurilma joylanishi taxmin qilinmoqda. Car jurnaliga ko‘ra, V12 dvigateli bu mashaniga o‘rnatilmaydi.
Shu bilan birga, uning taxminiy narxi ham ma'lum. Ferrari krossoveri 350 ming dollar atrofida sotilishi mumkin. Kompaniya yangi model yordamida mahsulotlar savdosi hajmini yiliga 16 ming donaga yetkazishni rejalashtirmoqda.