YeIda foydalanuvchi elektron gadjyeti buzilib qolganida qurilmani ta'mirlash yoki uni almashtirishni so‘rab ishlab chiqaruvchi kompaniyaning rasmiy xizmat ko‘rsatuvchi markazi (servis)ga murojaat qilmaslik huquqiga ega bo‘ldi. Yevroparlamentning yangi rezolyutsiyasi shunday huquqni taqdim etmoqda. Hujjat iste'molchi nuqtainazaridan g‘alati ko‘rinadigan usullar bilan savdo hajmini oshiradigan ayrim taniqli brendlarning biznes-modelini yo‘qqa chiqarishga qaratilgan.
Endilikda, ishlab chiqaruvchilar dasturiy qulflar, nostandart boltlardan voz kechishi va ta'mirlashga loyiq bo‘lishini ta'minlashi talab etiladi. Xususan, bu butlovchi qismlarni almashtirishni qulaylashtirishga ham doirdir. Bunday qonunchilik asosini yaratish YeI mamlakatlarida ishlatilgan gadjyetlar savdosi hajmini kengaytiradi va mahalliy ish o‘rinlari barpo qilishga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, bu kabi ratsional yondashuv ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini ham qisqartiradi. Masalan, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 telefonlari bilan yuz bergan holatda nosoz batareyalarni almashtirganda qulayroq va kamxarj bo‘lar edi.
Parlament a'zolari qurilmalar reytingini dizaynerlik ko‘rinishiga bog‘liq ravishda emas, balki foydalanuvchilar fikriga asoslangan holda tuzishni taklif qilishmoqda. Shu bilan qurilmaning yaroqlilik muddati, ta'mirlashga loyiqligi va yangilanish imkoniyati aniqlanadi. Yevropaliklarga gadjyetlarini ta'mirlashda iFixit va SOSav kabi xizmatlar yordam beradi.